O'quvchi vizasi

Hujjatlar:

O’zbekiston hujjatlari:

  1. Pasport (original)
  2. Fotosurat 3.5 × 4.5 (2 dona)
  3. Medko’rik (elchixona tomonidan belgilangan shifoxonada)
  4. Pul mablag’lari mavjudligini tasdiqlovchi bankdan ma’lumotnoma (faqat KDB bankidagi depozit muddati kamida 3 oy bo’lishi kerak)
  5. O’rta maxsus ta’lim diplomi va reyting daftarchasi (ingliz tiliga notarial tarjima va apostil)
  6. O’rta maxsus ta’limdan yuqori ta’lim muassasalari bo’lgan holda so’nggi tahsil olgan muassasaning diplom va reyting daftarchasi qo’shimcha tarzda taqdim etiladi.

TOPIK / Sejong (koreys tilini bilish darajasi):

  1. TOPIK 1 - kamida 110 ball
  2. Sejong (SKA) testida 150 ball
  3. Sejongdagi barcha kurslarni tamomlaganlik haqida sertifikat

Ulardan biri bo’lishi kerak:

  1. Study plan (koreys yoki ingliz tilida + savolnoma)
  2. Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi

Ota-onalarning moliyaviy holatini tasdiqlovchi hujjatlar:

  1. Agar ota-onalar rasmiy ravishda ishlayotgan bo’lsa:
    • Ish joyidan litsenziya (guvohnoma)
    • My.gov.uz saytidan ota-onaning oxirgi yil uchun ish haqidan ko’chirma va oylik maosh ma’lumotnomasi
  2. Agar ota-onangiz tadbirkor bo’lsa:
    • Yuridik shaxs litsenziyasi (guvohnoma)
    • Yuridik shaxsning bankdagi hisob raqamidagi pul aylanish va qoldiq haqidagi ma’lumotnoma
    • Soliq to’langanligi to’g’risidagi ma’lumotnoma
  3. Agar ota-onalar qishloq xo’jaligi bilan shug’ullansa:
    • Davreyest.uz / my.gov.uz saytidan ko’chmas mulk va yer uchastkalari uchun kadastr hujjatlari
    • Avtotransport vositasini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnoma
    • Ota-onalarning pasportlari nusxasi
Ariza topshirish

My.gov.uz saytidan kerakli havolalarni topishni osonlashtirish uchun quyida sizga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim havolalar:

Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma Ma’lumotnomani olish Namunani ko’rish
Mehnat daftarchasidan ko‘chirma Ma’lumotnomani olish Namunani ko’rish
Tug‘ilganlik haqida arxiv ma’lumotnomasi Ma’lumotnomani olish Namunani ko’rish
Nikohsiz (turmush qurmaganlik) haqida ma’lumotnoma Ma’lumotnomani olish Namunani ko’rish
Olingan pensiya miqdori haqida ma’lumotnoma Ma’lumotnomani olish Namunani ko’rish
O‘qish joyidan ma’lumotnoma (OTM) Ma’lumotnomani olish Namunani ko’rish
Ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti va davlat reyestridan ko‘chirma tekshiruvi Ma’lumotnomani olish Namunani ko’rish